Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Sh.Madaminova tomonidan saylov okrugidagi mahallalarda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan Do‘stlik MFY, Navbahor ko‘chasidagi 2–19-xonadonlar aholisi tomonidan yo‘llangan murojaat asosida joyiga chiqib o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida navbatdagi o‘rganish ishlari shahardagi Axborot-kutubxona markazida tashkil etildi.
янв.21
Shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganish ishlari doirasida A.Navoiy MFYda joylashgan 1-tibbiyot texnikumida bo‘lib, mavjud sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 27-sentabrdagi qaroriga muvofiq, Chilonzor MFY hududidagi Tinchlik ko‘chasida manzarali daraxtlarni sug‘orish uchun suv tarmog‘ini tortish ishlari belgilangan edi.
янв.21
6-Xo‘japorso saylov okrugi deputati Gʻ.Madumarov tomonidan hududda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish hamda mavjud infratuzilmaning holatini baholash maqsadida 10-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
23-Chilonzor saylov okrugida deputat E.Yunusov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hudud muammolari e’tibor markazida - Tepaqo‘rg‘on MFY o‘rganildi

Hudud muammolari e’tibor markazida - Tepaqo‘rg‘on MFY o‘rganildi

Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashining 25-“Qo‘rg‘on” saylov okrugi deputati Hamitova Galina Gennadievna tomonidan “Tepaqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini hududi atroflicha o‘rganildi. Mazkur o‘rganish jarayonida hudud infratuzilmasi, ijtimoiy obyektlar holati hamda fuqarolar murojaatlari asosida mavjud muammolar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan 1A va 50A uylar oldida joylashgan bolalar maydonchalari bugungi kunda ta’mirtalab holga kelib qolgani, mavjud jihozlar eskirgani va bolalar uchun xavfsiz emasligi alohida ta’kidlandi. Ushbu maydonchalarni to‘liq ta’mirlash, zarur hollarda yangilash masalasi aholi tomonidan eng dolzarb muammolardan biri sifatida ko‘tarildi.

Shuningdek, hududdagi 1730-sonli transformator punktining texnik holati ham e’tibordan chetda qolmadi. Mazkur obyektni to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazish, ta’mirlash ishlarini belgilangan tartibda yakunlash hamda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida atrofini mustahkam to‘siqlar bilan o‘rash zarurligi qayd etildi. Bu boradagi kamchiliklar nafaqat elektr ta’minoti sifatiga, balki fuqarolar xavfsizligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, hududda olib borilgan yer qazish ishlari natijasida buzilgan yo‘l qoplamalarini qayta tiklash, ya’ni qazilgan joylarni asfalt qoplama bilan yopish masalasi ham murojaatlarning asosiy qismini tashkil etdi. Ushbu muammo aholining kundalik harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirayotgani va zudlik bilan hal etilishi zarurligi bildirildi.

O‘rganish jarayonida mahalla raisi Ikromov To‘shpo‘lat Ergashovich ham ishtirok etib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shunga qaramay, ayrim masalalar yechimi ortga surilib kelayotgani tanqidiy baholandi.

Mazkur o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, hududda mavjud muammolar asosan infratuzilma va xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lib, ularni hal etishda mas’ul tashkilotlarning tizimli va tezkor yondashuvi talab etiladi.

Yakuniy xulosa sifatida, yuqorida ko‘tarilgan ikki asosiy masala — bolalar maydonchalarini ta’mirlash va transformator punktini tartibga keltirish yuzasidan deputatlik so‘rovi chiqarish belgilandi.

Slide 1 of 5