Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi E.Yunusov raislik qildi. Unda Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi KQ-280-V-sonli qarori asosida jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni baholash, tanlab olish hamda ularning ijrosini monitoring qilish bo‘yicha Ishchi komissiya tarkibiga o‘zgartirish kiritish masalasi muhokama qilindi.
Muhokamalar yakunida mazkur masalani Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.