O‘rganish jarayonida bir qator oilalarning yashash sharoiti, uy-joylarning texnik holati hamda mavjud muammolari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning murojaatlari va takliflari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar va rejalar belgilab olindi.
Bunday o‘rganishlar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi.