Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔹Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova Mashad va Orolbo‘yi MFY hududlarida bo‘lib, mahalla raislari hamrohligida ta’mirga muhtoj xonadonlar holatini o‘rgandi
янв.21
🔹Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov Ipak yo‘li MFYda fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
🔹Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Raimdjanov Bahrin MFY hududida istiqomat qiluvchi aholining ijtimoiy sharoitlarini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati R.Madaminov Galato‘y va Terak tagi MFY hududlarida mahalla raislari hamda ijtimoiy xodimlar hamrohligida ta’mirga muhtoj xonadonlar holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov tomonidan Qo‘rg‘ontagi ko‘chasida yashovchi fuqaro Z.Urmanovaning farzandi bilan bog‘liq murojaati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Marg‘ilon shahrida aholining murojaatlari asosida hududlardagi muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Davlatimiz rahbarining PQ-454-sonli qaroriga muvofiq Boyovut tumani A. Navoiy mahallasida joylashgan 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Umumiy qiymati 3 milliard 600 million so‘m bo‘lgan loyiha doirasida barpo etilgan muassasada bolajonlar uchun keng va yorug‘ xonalar, zamonaviy o‘quv hamda o‘yin jihozlari bilan ta’minlangan qulay shart-sharoitlar yaratildi.

Mazkur muassasada 35 nafar xodim doimiy ish o‘rni bilan ta’minlanib, kelajak avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotini ta’mirlash va yangidan barpo etish ishlarini davlat dasturiga kiritishda tuman Kengashi deputati Karomat Karimovaning tashabbusi va sa’y-harakatlari muhim o‘rin tutdi. Shuningdek, qurilish-ta’mirlash jarayonlari davomida deputat tomonidan muntazam deputatlik nazorati o‘rnatilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborilib, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 9