Toyloq tumanining eng olis hududlaridan biri — O‘ray-elipok mahallasida viloyat va tuman deputatlari hamda mutasaddi rahbarlar ishtirokida fuqarolar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ATB “Agrobank” boshqaruvchisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Sayfiddinova, tuman Kengashi deputati F.Siddiqov hamda tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i R.Haydarovlar ishtirok etdilar.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahallani chorvachilikka ixtisoslashtirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalarning daromadini oshirishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida mahalla yettiligi va fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqot jarayonida qora mol va echkichilik yo‘nalishiga qiziqish bildirgan fuqarolar aniqlandi. Jumladan, 5 nafar oila echkichilik bilan shug‘ullanish istagini bildirib, ularning arizalari qabul qilindi hamda imtiyozli kredit ajratish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Shuningdek, 20 nafar oilaning qora mol yetishtirish bo‘yicha ro‘yxati shakllantirilib, tegishli ishlar boshlab yuborildi.
Mazkur tashabbuslar mahalla aholisining turmush darajasini yaxshilash va chorvachilik sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
t.me/Toyloq_tuman_Kengashi