O‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masala atroflicha ko‘zdan kechirilib, hududdagi mavjud holat tahlil qilindi. Aholi vakillari bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, murojaatning kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglandi.
Deputatlar tomonidan masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, murojaat ijrosini nazoratga olish hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash masalasi alohida ta’kidlandi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish ishlari davom ettirilmoqda.