Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha tinglandi. Xususan, ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish masalasi fuqarolar tomonidan ko‘tarildi. Aholi vakillari mavjud yo‘llarning holati, yomg‘irli mavsumda yuzaga kelayotgan noqulayliklar hamda piyodalar va transport harakati uchun tug‘ilayotgan qiyinchiliklar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Shuningdek, deputatlar mahalla “yettiligi” vakillari bilan ham uchrashib, hududdagi mavjud infratuzilma holati, ustuvor vazifalar hamda muammoni bosqichma-bosqich hal etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.