Tuman Kengashi deputati Muattar Mirzajonova tomonidan Maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida rejali tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Ko‘rik davomida bolalarning umumiy sog‘ligi tekshirilib, zarur holatlarda ota-onalarga tibbiy tavsiyalar berildi.
Bolalar sog‘lig‘i — kelajagimiz poydevori. Shu bois bunday profilaktik tadbirlar muntazam davom ettiriladi. Bolalar salomatligiga e’tibor berish har birimizning burchimizdir.
Ana shunday tadbirlar orqali sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilamiz.