🏛 DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 22-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputati A. To‘xtashov tomonidan “Oyinli” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 40-sonli umumta’lim maktabida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
Nazorat jarayonida maktabning sport zali, undagi sport anjomlari hamda ularning texnik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sport jihozlarining o‘quvchilar uchun xavfsiz va samarali foydalanish talablariga javob berishi o‘rganildi.
Bundan tashqari, maktab kutubxonasi faoliyati, kitob fondining holati, darslik va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda o‘quvchilarning kutubxonadan unumli foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi.
O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash va o‘quvchilarga qulay ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha tegishli mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.