35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Haftalik_ish_reja_ijrosi
🏗 Tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-“Uch yog‘och-Qarabog‘” saylov okrugi deputati K. Xashimova hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan “Qarabog‘” mahallasida qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorning faoliyati yaqindan o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektining ishlab chiqarish faoliyati, mavjud sharoitlari, yaratilgan imkoniyatlar hamda faoliyat jarayonida uchrayotgan muammo va masalalarga e’tibor qaratildi.

📌 Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3