35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

"Do'stlik" mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

"Do'stlik" mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Uzun tumanida aholi bilan bevosita muloqot qilish, ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi deputatlik faoliyati izchil davom ettirilmoqda.

Qabul davomida murojaat bilan kelgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–415-sonli Qonuni doirasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash, ehtiyojmand oilalarga davlat tomonidan beriladigan nafaqalar hamda moddiy yordamlarni rasmiylashtirish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan boshqa shaxsiy va ijtimoiy murojaatlar ham tinglanib, ularga joyida huquqiy maslahatlar berildi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olindi