FUQARO HOLIDAN XABAR OLINDI
📁Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi D.Safarova deputat sifatida o‘zi saylangan hududda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar holidan xabar oldi.
Tashrif davomida avvalroq ijtimoiy yordam bilan ta’minlangan fuqaroning yashash sharoiti va bugungi holati o‘rganilib, u bilan samimiy suhbat o‘tkazildi.
Suhbat jarayonida fuqaroning kundalik ehtiyojlari, mavjud muammolari va ko‘rsatilgan ijtimoiy yordamning amaliy natijalari haqida fikr almashildi.
Deputat tomonidan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini manzilli o‘rganish hamda zarur hollarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish masalalari nazoratga olindi