#162_ta_qonun
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
⚡️ Energiya sohasida qonun talablari ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 18-“Cho‘yunchi-Qishloqbozor” saylov okrugidan saylangan deputati B.Toshpo‘latov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan tuman “Energiya savdo” bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘RQ-539-son Qonuni talablarining bajarilishi holati yuzasidan savolnoma asosida monitoring o‘tkazildi.
🔎 Monitoring jarayonida qonun talablarining ijrosi, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mazkur yo‘nalishdagi mavjud holat o‘rganildi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tahlil qilinib, qonun talablarining to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube