Yunusobod tumani “Oqtepa” MFY hududida joylashgan 274-sonli umumta’lim maktabining hojatxona va oqova suv (kanalizatsiya) tizimlarini ta’mirlash loyihasi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish uchun “Ochiq budjet” portalida 1 614 000 ming so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan holda g‘olib deb topilgan.
✅Mazkur loyiha yuzasidan Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati N.R. Usmonov tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
📝O‘rganish davomida maktab hududidagi hojatxona va oqova suv tizimlarini ta’mirlashga haqiqatan ham ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
✅Mavjud muammolarni bartaraf etish, ta’lim muassasasida sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarni yaratish hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz muhitni ta’minlash masalasi Kengash deputatlari tomonidan nazoratga olindi.
Bizni kuzatishda davom eting!