35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

HUSNIOBOD” MAHALLASIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI

Yunusobod tumanidagi
53-sonli umumta’lim maktabida “Yot g‘oyalarga qarshi kurashda kitobning o‘rni” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

👉Tadbirda Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi bosh mutaxassisi Xusniya Samsakova, Yunusobod tumani Kengashi deputati Iqbolxon Ashrapova, “Husniobod” MFY raisi Shohida Shamsiyeva va “mahalla yettiligi”, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etishdi.

✅Uchrashuvda bir necha kitoblar muallifi Toxir Ziyayev o‘z asarlari haqida, tajribali jurnalist Mukambar Qilicheva esa ibratli hayot yo‘li xususida so‘zlab berishdi. Shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida grant asosida tahsil olayotgan iqtidorli talaba Omina Toxirova o‘z yutuqlari va o‘qish sirlari bilan o‘rtoqlashdi.

✅ Samimiy savol-javoblarga boy o‘tgan muloqot yoshlarni kitobxonlikka chorlash, yot g‘oyalardan asrash hamda Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3