Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati “Yoshlik” MFYda bo‘ldi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Toshboyev mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi ijrosini ta’minlash doirasida amaliy o‘rganishlarni davom ettirmoqda.
Navbatdagi manzil — 1-O‘zbekiston saylov okrugi hududidagi “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘ldi.
O‘rganish davomida mahalla “yettiligi”ning kundalik faoliyati, aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etish borasidagi ishlari ko‘zdan kechirildi.