"Xomkon" mahallasida QVP qurilish ishlari o‘rganildi
💬Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati U.Yangiboyev tomonidan “Xomkon” mahallasi hududida barpo etilayotgan qishloq vrachlik punkti (QVP) qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
⏺️O‘rganish davomida qurilish ob’ektining bugungi holati, bajarilayotgan ishlar sifati, qurilish jarayonining belgilangan reja asosida olib borilishi hamda muddatlarga amal qilinishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⏺️Shuningdek, ob’ektni sifatli va o‘z vaqtida foydalanishga topshirish, aholiga qulay va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan mas’ul tashkilot vakillariga tegishli tavsiyalar berildi.
⏺️Deputat tomonidan mazkur ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektning tez fursatda ishga tushirilishi hudud aholisi uchun tibbiy xizmatlar sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#U_Yangiboyev_Xomkon