35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Iste’mol krediti – fuqarolarning moliyaviy manfaatlarini himoya qiluvchi muhim huquqiy mexanizm
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Chaqаr mahallasida ko‘chaboshilar bilan birgalikda aholi bilan muloqot qilib, ularning murojaat va muammolarini tingladi.
янв.21
Kengash raisi dasturlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Kengash raisi Chaqаr mahallasidagi xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengash raisi Chaqаr mahallasidagi “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi
янв.21
SESSIYAGA KIRITILADIGAN MASALALAR DASTLAB KENGASH RAISI RAHBARLIGIDA DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
BYUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
ISH REJA VA SESSIYA QARORI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
“MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
янв.21
OILA MUSTAHKAMLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING ASOSI
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida

Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida

Bugun erta tongda Uzun tumanidagi Xotira maydonida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tantanali xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi Xabibulla Bozorov, Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirok etdilar. Harbiy orkestrning mahzun va ulug‘vor sadolari ostida Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasiga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.

Tadbir davomida yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida mardlik ko‘rsatgan yurtdoshlarimizning nomlari yod etilib, ularning jasorati bugungi tinch hayotimizning mustahkam poydevori ekanligi ta’kidlandi.

Tuman hokimi Xabibulla Bozorov so‘zga chiqib, bugungi farovon kunlar ajdodlarimizning matonati evaziga kelganini, har bir faxriyning hayot yo‘li biz uchun maktab ekanini qayd etdi.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari tadbirda faol ishtirok etib, hududlarda nuroniylarni yo‘qlash, ularning holidan xabar olish va e’zozlash borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratdilar.

9-may — Xotira va qadrlash kuni yurtimizda inson qadri naqadar ulug‘ ekanini, o‘tganlar xotirasi muqaddas, tiriklar esa e’zozda ekanini yana bir bor namoyon etmoqda. Bu kabi tadbirlar orqali tumanimiz ahlining birdamligi va ajdodlar merosiga bo‘lgan sadoqati yanada mustahkamlanmoqda.

Slide 1 of 1