Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
Dastur asosida “Nurli hayot” mahallasida ko‘prik qurilish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 12-Obodon saylovi okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sherboyev Dilmurod Norboyevich tomonidan ma’sul rahbarlariga yuborilgan deputat so‘rovidagi masala e’tiborga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-141-son Qarori bilan davlat dasturiga kiritilgan loyihalardan tumandagi “Nurli hayot” mahallasida avtomobillar va fuqarolar harakatlanishi uchun ko‘priklarni qurish ishlari olib borilmoqda.
Deputat ushbu jarayonlarni yana o‘rgandi.

Mazkur qurilish-ta’mirlash ishlari “JIZZAX MINORASI” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda birinchi ko‘prikda maxsus texnikalar yordamida ko‘prik poydevori uchun qoziqlar o‘rnatilgan bo‘lib, ko‘prik ustini yopishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

PQ-141-son Qarori asosida mahalla hududidagi 2-ko‘prikda ham qurilish-ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan.

O‘rganish davomida tayyorlangan qurilish loyihasiga asosan belgilangan talablar doirasida bajarilishi alohida e’tibor bilan nazorat qilindi.

Shuningdek, deputat tomonidan mas’ullarga qurilish ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3