Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev hamda shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov tomonidan Marg'ilon shahridagi 3-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari oʻrganildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev hamda shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov tomonidan Marg'ilon shahridagi 3-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari oʻrganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 300-sonli qarori asosida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalar doirasida mazkur maktabda keng koʻlamli qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur obyekt uchun davlat byudjetidan 17 mlrd 297 mln soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlib, qurilish ishlari “TEXNO GEO STROY” MCHJ tomonidan olib borilmoqda.

Hozirda ta’mirlash ishlari 40 foizga bajarilgan boʻlib, pudratchi tashkilotga 5 mlrd 918 mln soʻm mablagʻ oʻtkazib berilgan. Qurilish maydonida ayni paytda 48 nafar quruvchi tomonidan ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Oʻrganish davomida deputatlar tomonidan bajarilayotgan ishlar sifati, qurilish muddatlari hamda ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishiga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3