Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
"Buyuk kelajak" MFYda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Erkin Abdurahmonov tomonidan "Buyuk kelajak" MFYda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, piyodalar yo‘laklari qurilishi hamda tungi yoritish tizimining holati joyiga chiqib o‘rganildi

🔹 O‘rganish davomida hududda bir qator ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotgani qayd etildi. Xususan, yangi piyodalar yo‘laklari barpo etilayotgani, obodonlashtirish ishlari olib borilayotgani hamda tungi yoritish tizimini yaxshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirilayotgani aholiga qulaylik yaratmoqda.

🔸 Shu bilan birga, hudud infratuzilmasida ayrim kamchiliklar ham mavjud. Jumladan, yo‘llarning ayrim qismi qoniqarsiz holatda bo‘lib, chuqurliklar va notekisliklar harakatlanishda noqulaylik tug‘dirmoqda. Shuningdek, o‘rindiqlarning ayrimlari nosoz holga kelgan, tungi chiroqlarning bir qismi ishlamayapti. Yo‘laklar atrofida o‘t-o‘lanlarning o‘sib ketgani esa umumiy ko‘rinishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

📌 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish va ishlar sifatini oshirish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2