Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
O'rganish

Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Kamolova tomonidan “Mingbuloq” OFY hududida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi joyiga chiqib, atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasi, bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, oilaviy muhit barqarorligini mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar tahlil qilindi.

📊 Hudud bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar:

Ovulda jami 165 nafar xotin-qizlar istiqomat qiladi

Shundan 5 nafari nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar bo‘lib, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha individual yondashuv asosida ishlar olib borilmoqda

3 nafar xotin-qizlar tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilgan bo‘lib, ularning bandligini ta’minlash va daromad manbaini kengaytirish bo‘yicha amaliy ko‘mak berilgan

📌 Olib borilgan tizimli targ‘ibot va profilaktik ishlar natijasida:

Notinch oilalar aniqlanmagan

Ajrim yoqasidagi oilalar mavjud emas

Himoya orderi berilgan holatlar qayd etilmagan

Profilaktik hisobda yoki probatsiya nazoratida bo‘lgan xotin-qizlar aniqlanmagan

💬 Ta’kidlash joizki, hududda xotin-qizlar bilan ishlashda “mahalla yettiligi” hamkorligida manzilli va tizimli yondashuv yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har bir murojaat va muammo individual tartibda o‘rganilib, ijobiy yechimlar topilmoqda.

🤝 Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligi ortib borayotgani, oilalarda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit shakllanayotgani hamda huquqbuzarliklarning oldi olinayotgani kuzatilmoqda.

✅ Kelgusida ham xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini oshirish, tadbirkorlikka keng jalb etish hamda ijtimoiy muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4