Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining Beruniy tumanidagi o'rganishlari.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati S.Imamova hamda Xalq deputatlari Beruniy tumani kengashi deputati N.Abaev tumandagi o'rganish jarayonlarida maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 13 va 22-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bo'lib, ularda tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Tashkilotlarda bir qancha kamchiliklar aniqlandi. 

13-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida yong'in xavfsizligi burchagining talab darajasida emasligi, bolalarning o'yin maydonlaridagi qoniqarsiz ahvol  va har kunlik beriladigan mahsulotlarning sifati yaxshi emasligi aniqlandi. Mazkur ta'lim tashkiloti 1972 yilda qurilgan, 2018 yilda rekonstruktsiya qilinishi natijasida zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Hozirgi kunda 150 o'ringa mo'ljallangan 5 ta guruhda 144 nafar bolajonlar tarbiyalanadi. 

22-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ham kanalizatsiya quvurlari bilan bog'liq masala ko'rib chiqildi, shuningdek, oziq-ovqat saqlanadigan omborning talab darajasida emasligi, bolalarning o'yingohdagi xavfsizligi ta'minlanmagani bo'yicha Qonunchilik palatasi deputati S.Imamova tomonidan tashkilot rahbariga bir qancha e'tirozlar bildirildi. Mazkur muassasa 2018 yilda to'liq ta'mirlangan va 280 o'ringa mo'ljallangan. Bugungi kunda 11 ta guruhda 242 nafar bolajonlar tarbiyalanadi. 

O'rganishlar natijasini kuzatar ekanmiz mazkur davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarlari o'zlariga to'g'ri xulosa chiqarib oladi degan fikrdamiz. Chunki, sog'lom avlodga tarbiya bilan ta'limni teng olib borish uchun yaratilgan sharoitdan oqilona foydalanish va mas'uliyat bilan yondashish kerak xolos.

Slide 1 of 4