Kengash raisi va Kotibiyat mudiri mahalla yettiligi faoliyatini tahlil qildi
✅Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda Kengash kotibiyati mudiri O‘.Rajabov ishtirokida “Ulanqul” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
✅O‘rganish jarayonining asosiy diqqat markazida — mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida mahalla yettiligining o‘zaro hamkorlik samaradorligini tahlil qilish bo‘ldi.
✅O‘rganish yakunida “Ulanqul” mahallasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ish faoliyatini tavsiyalar asosida qayta tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.