Malandiyon mahallasi aholisining yo‘l bilan bog‘liq muammosi deputat nazoratiga olindi
⬇️Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati S.Toxirov tomonidan “Malandiyon” mahallasidagi ta’mirtalab yo‘llar bo‘yicha tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborildi.
⬇️ Asosiy muammo: Malandiyon va Mustaqillik ko‘chalarining yaroqsiz holga kelib qolganligi sababli aholi, ayniqsa maktab o‘quvchilarining harakatlanishiga noqulayliklar yuzaga kelayotgani.