Mahallalarda aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Natalya Voropayeva tomonidan “Yangibog‘” hamda “Yunus-ota” mahallalarida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahalla aholisi va “mahalla yettiligi” faollari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot jarayonida fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ko‘p qavatli uylar atrofidagi sanitariya holati, hududlarni obodonlashtirish, muhandislik infratuzilmasining bugungi ahvoli hamda aholining kundalik hayoti bilan bog‘liq boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, aholiga mavjud muammolar yuzasidan mas’ul xizmatlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish tartibi bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv davomida ko‘tarilgan masalalar belgilangan tartibda o‘rganish va tegishli choralar ko‘rish uchun mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirildi.
Bizni kuzatishda davom eting!
🌐 Telegram