Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
A.Temur” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi

A.Temur” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi kotibiyat mudiri A. Qurbonov, kotibiyat bosh mutaxassisi — ekspert guruhi kotibi D. Kenjayeva, 10-A.Temur saylov okrugi deputati N. Komilova, ekspert guruhi a’zosi — O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman kengashi raisi B. Choriyev hamda yoshlar maslahat guruhi a’zosi S. Nurillayevlar ishtirokida “A.Temur” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔺Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-sonli qarori asosida, “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” mahallalarni rivojlantirish bo‘yicha manzilli dastur doirasida amalga oshirildi.

🔺O‘rganish davomida hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, transport xizmatlari uchun qulay sharoitlar yaratish, bolalar va sport maydonchalari, yashil hududlar hamda piyodalar yo‘laklarini barpo etish, shuningdek sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat va turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun infratuzilmani shakllantirish masalalari tahlil qilindi.

🔺Shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarini “yashil tamoyillar” asosida qurish va ta’mirlash, mahalla ko‘chalarini obodonlashtirish, aholiga qulaylik va xavfsizlik yaratish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

✅ Hozirda loyiha buyurtmachi tashkilot — OKS orqali tender savdolariga qo‘yilgan bo‘lib, belgilangan vazifalarning sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3