Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

🔹 Farg‘ona tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Hamidullo Inomov “Bo‘stonobod” MFYda yoshlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhim muhokama o‘tkazdi.

🔹 Tadbirda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularni turli salbiy illatlardan asrash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda bandligini ta’minlash masalalari dolzarb yo‘nalish sifatida ko‘rib chiqildi. Shuningdek, jinoyatchilikning oldini olishda oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini yanada mustahkamlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

🔹 Muhokama davomida mavjud holat atroflicha tahlil qilinib, muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi. Yakunda yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, profilaktik tadbirlarni tizimli yo‘lga qo‘yish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 2