Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

 AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA:
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
 

  

🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman
Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova tomonidan aholi murojaatlariga asoslangan
holda muhim masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
 

🔹
Unda Farg‘ona tumani “Navro‘z” MFY aholisi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb
muammolar — hududda yangi barpo etilgan 63-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga
olib boruvchi “Ittifoq” va “Charag‘on” ko‘chalari hamda asosiy qatnov yo‘lining
bir qismi hanuz asfaltlashtirilmagani alohida qayd etildi. Mazkur holat,
ayniqsa, o‘quvchilar va ota-onalar uchun jiddiy noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.
 

🔹
Shuningdek, ushbu hududda jamoat transporti qatnovining yo‘lga qo‘yilmagani
aholining kundalik hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlanib, mas’ul
tashkilotlardan muammoni kechiktirmasdan hal etish, yo‘l infratuzilmasini
yaxshilash va transport qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq va amaliy
choralar ko‘rish so‘ralgan.
  

Slide 1 of 1