Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
Deputat so'rovi

Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputati Navruz Alimov tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

 Deputatlik so‘rovi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasi talablariga muvofiq tarzda tayyorlanib, Qibray tumani hokimi M.A. Rashidov nomiga yo‘naltirildi.

Deputat so'rovida, Qipchoq mahallasiga oilaviy shifokor punkti uzoqda joylashganligini inobatga olib, hududda joylashgan binoda uzoq yillar davomida tuman markaziy shifoxonasidan biriktirilgan xodimlar tomonidan aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Biroq mazkur bino bo‘yicha kadastr hujjatlarining mavjud emasligi sababli uning huquqiy maqomi to‘liq rasmiylashtirilmagan.Ushbu foydalanib kelinayotgan binoni belgilangan tartibda Qipchoq mahalla fuqarolar yig‘ini balansiga qabul qilish va bino va yer maydoni bo‘yicha kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish yuzasidan mas’ul tashkilotlar ishtirokida aniq chora-tadbirlar belgilash choralarini ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur deputatlik so‘rovi mahalla tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarga qulay ijtimoiy muhit yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir muhim bosqichi sifatida e’tirof etiladi.

Slide 1 of 1