Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari Sh. Isamutdinov, D. Raximova hamda kotibiyat bosh mutaxassislari I. Ikromov, Z. Temirovalar tomonidan 7-umumta’lim maktabida ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Tashrif davomida maktab o‘quvchilari bilan tabiatni asrash, daraxt va yashil maydonlarni parvarishlash, atrof-muhitni toza saqlash bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

 Ushbu ishlarda “Eko” partiya bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning ko‘magida yoshlar o‘rtasida ekologik ongni rivojlantirish va tabiiy resurslarni asrash targ‘ib qilindi.

Shuningdek, o‘quvchilarni amaliy ishlar bilan jalb etish, daraxt ekish va yashil hududlarni parvarishlashga rag‘batlantirish masalalari bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

Mazkur faoliyat orqali ekologik madaniyatni oshirish va yoshlar o‘rtasida tabiatga hurmatni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 3