Mazkur Memorandum aholiga yuridik xizmatlar ko‘rsatish, mahalliy Kengashlar qarorlari va dasturlar loyihalarini birgalikda tayyorlash, Kengash kotibiyati xodimlarining malakasini oshirib borish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida imzolandi.
Tomonlar aholi uchun sayyor qabullar tashkil etish, xususan deputatlarning okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlarida birgalikda ishtirok etishga, tuman Kengashi deputatlari va kotibiyat xodimlari uchun seminarlar, o‘quv mashg‘ulotlari, boshqa tadbirlar tashkil etish, tuman Kengashi va uning doimiy komissiyalarining nazorat sohasidagi vakolatlarini samarali amalga oshirishiga ko‘maklashish va aholi o‘rtasida huquqiy ma’rifat hamda axborot-targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishda o'zaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar.