Жаңалықлар

Mehnatobod MFY binosida mahalla yettiligi a’zolari va faollar ishtirokida “Ogoh bo‘ling, firibgar!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

 Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Gulchehra Sobirova hamda O‘zbekiston “Adolat” SDP Toshloq tuman Kengashi raisi G‘ayratjon Yuldashevlar kiberjinoyatlar va internet orqali sodir etilayotgan firibgarlik holatlari haqida ma’lumot berdilar. Ular firibgarlar turli usullar bilan ishonch qozonishga urinayotgani, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlardagi shubhali havolalar va “oson daromad” va’dalari ortida xavf borligini ta’kidladilar. 

Fuqarolarga moliyaviy qaror qabul qilishda ehtiyotkor bo‘lish, ma’lumotlarni tekshirish va kiberxavfsizlik qoidalariga rioya etish zarurligi tushuntirildi.  

Slide 1 of 4