Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Mehr va e’tibor – insoniylikning oliy mezoni

Mehr va e’tibor – insoniylikning oliy mezoni

                                                                                                                                                                                                                                                                 Xalq deputatlari Uzun tumanu Kengashi deputati Xurshid Yo'ldoshev tomonidan "Mehnat" mahallasida muborak Ramazon oyi munosabati bilan hududda istiqomat qiluvchi ehtiyojmand fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Ezgu va savobli tashabbus doirasida kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga un, yog‘, guruch, shakar, makaron va boshqa zaruriy oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat jamlanmalar topshirildi.

Tadbir davomida fuqarolar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Deputat tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlarini davom ettirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Mazkur xayriya aksiyasi Ramazon oyining insonparvarlik, saxovat va mehr-oqibat kabi ezgu qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Fuqarolar ko‘rsatilgan e’tibor va yordam uchun o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.