Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI

   Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati O‘ktam Rajabov “Deputat bilan yuzma-yuz” loyihasi doirasida tumandagi “Fayzavo” mahallasida muammolarini o‘rgandi.

  Mahalla raisi bilan suhbat davomida deputat mahalladagi aholini qiynayotgan muammolarini tinglab, ularga amaliy yordam berishga kirishdi. Jumladan, deputat mahalladagi bir necha fuqarolarning bepul dori-darmonlar bilan ta’minlashida, ijtimoiy yordam ko‘rsatilishida amaliy ko‘mak berishini bildirdi. Shuningdek, uchrashuv mobaynida hududda o‘z yechimini kutayotgan masalalar muhokama qilinib, deputat o‘z vakolati doirasida ularni hal qilishga ko'mak berishini aytib o'tildi.