Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

  Deputat Shuxrat Raxmonov Uzun tumanidagi mahallalardagi muammolarni o‘rgandi

   Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Shuxrat Raxmonov tumandagi bir qator mahallalarda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va dolzarb muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni o‘rgandi. Deputat mahalla raisi bilan birga hududdagi mavjud muammolarni aniqlab, amaliy yechimlar ishlab chiqdi.

   Chaqar mahallasida hududiy xavfsizlikni ta’minlash va jinoyat xavfini kamaytirish maqsadida kirib-chiqish yo‘laklariga video-kuzatuv kameralarini o‘rnatish zarurati qayd etildi.

    Deputat Shuxrat Raxmonov aniqlangan barcha masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga bog‘lanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni belgiladi va nazoratni o‘z zimmasiga oldi. Bu ishlar hududlardagi yashash sharoitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va aholining xavfsiz, qulay muhitda yashashini ta’minlashga qaratilgan.                                        

Slide 1 of 1