Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

“Buyuklik oiladan boshlanadi — uni asrash har birimizning mas’uliyatimiz!”

“Buyuklik oiladan boshlanadi — uni asrash har birimizning mas’uliyatimiz!”

Uzun tumanida Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman IIB, Fuqorolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Nuroniylar jamg‘armasi, tuman bosh imom-xatibi, mahalla imomlari, otinoyilar hamda Oqila ayollar harakati a’zolari ishtirokida oilaviy ajrimlarning oldini olishga qaratilgan keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

“Buyuklik oiladan boshlanadi — uni asrash har birimizning mas’uliyatimiz!” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuvda bugungi kunda dolzarb hisoblangan oila mustahkamligi, farzandlar tarbiyasi va ijtimoiy mas’uliyat masalalari yuzasidan keng jamoatchilikka tushuntirishlar berildi.