35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Kotib

Mustaqillik bayrami hamda yangi o‘quv yili oldidan xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP a’zosi Shoxzoda Kurbanova tomonidan saylov okrugi hududidagi ijtimoiy masalalar, aholi bilan ishlash holati hamda ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi.

Deputat dastlab “Elobod” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi. O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, xonadonlarning ijtimoiy holatini o‘rganish, yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.

Deputat “mahalla yettiligi” a’zolari bilan muloqot jarayonida hududda mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashdi. Shundan so‘ng deputat saylov okrugi hududidagi 171-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, pedagoglar faoliyati, maktabning moddiy-texnik bazasi hamda sinf xonalarining holati ko‘zdan kechirildi.Shu bilan birga, maktabning 2026-2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ham atroflicha o‘rganildi.

Ta’lim muassasasida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarining holati, o‘quv jihozlari bilan ta’minlanganlik darajasi, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishi, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal qilish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda maktabni yangi o‘quv yilini munosib kutib olish uchun to‘liq tayyor holatga keltirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5