35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

#162_qonun

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri N. Mo‘minova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov tomonidan “Sochaki bolo” oilaviy shifokorlik punkti binosida olib borilayotgan rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlari o‘rganildi.

Qiymati 2 milliard so‘m bo‘lgan mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–393-son qarori asosida amalga oshirilmoqda. 50 o‘ringa mo‘ljallangan tibbiyot muassasasida qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

O‘rganish davomida ayrim kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Obyektni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan foydalanishga topshirish va aholiga xizmat ko‘rsatishini yo‘lga qo‘yish belgilangan.

Slide 1 of 4