✅Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi Kotibiyati mudiri N.Mo‘minova hamda bosh mutaxassis Sh. G‘afforov tomonidan Muborak mahallasidagi 13-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.
✅Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qarori — “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida amalga oshirilmoqda.
✅Loyiha qiymati 1 milliard 560 million so‘m bo‘lib, mavjud 120 o‘rinli eski bino buzilib, uning o‘rnida 120 o‘rinli yangi qo‘shimcha o‘quv binosi barpo etilishi ko‘zda tutilgan.
✅O‘rganish davomida qurilish sifati, loyiha talablariga rioya etilishi va mablag‘larning maqsadli sarflanishi nazoratga olindi.
✅Loyiha o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.a alohida e’tibor qaratildi.