Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi raisi — kotibiyat mudiri X. Sultonov hamda Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi Sh. Sultonova tuman 6-son “Bolalar musiqa va san’at” maktabi direktori bilan birgalikda yangi o‘quv yili oldidan ta’lim muassasasida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlarini o‘rgandilar.
🔎 O‘rganish davomida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, o‘quv xonalari, mavjud shart-sharoitlar hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
🤝 Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, yangi o‘quv yilini munosib va sifatli boshlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.