Жаңалықлар

23-Istirohat saylov okrugidagi "Qor yog‘di" mahallasida mahalla yettiligi va fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️23-Istirohat saylov okrugidagi "Qor yog‘di" mahallasida mahalla yettiligi va fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov tomonidan 23-Istirohat saylov okrugiga qarashli "Qor yog‘di" mahallasida mahalla yettiligi vakillari hamda fuqarolar ishtirokida navbatdagi uchrashuv va sayyor qabul tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar sifati, elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi ta’minoti hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish va ularning muammolariga amaliy yechim topish yuzasidan fikr almashildi.

📝 Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan bir qator murojaatlar joyida ko‘rib chiqildi. Xususan, elektr energiyasi kuchlanishining pastligi bo‘yicha murojaat yuzasidan deputat tashabbusi bilan tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari bilan tezkor bog‘lanilib, masala qisqa muddatda hal etildi.

💼 Shuningdek, davlat ijtimoiy himoyasida bo‘lgan fuqaroga o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun 10 million so‘m miqdorida foizsiz kredit ajratilishiga amaliy ko‘mak berildi. Yana bir fuqaroning ish bilan ta’minlash haqidagi murojaati ham mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda joyida ijobiy hal etilib, uning bandligi ta’minlandi.

🗣 Deputat Muxtor Ilhomov mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodimlar faoliyati samaradorligini oshirish orqali fuqarolarni qiynayotgan muammolarni tizimli bartaraf etish zarurligini ta’kidladi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga vazifalar belgilandi.

✅ Yakunda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholi murojaatlariga tezkor va amaliy yechim topish, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda hudud infratuzilmasini izchil rivojlantirish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5