Жаңалықлар

Yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi

Yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi M. Tangriberganov hamda tuman Kengashi deputati N. Ibragimova Davud mahallasida yo‘l infratuzilmasi holatini o‘rgandilar.
O‘rganishlar davomida yaqinda asfalt qoplamasi yotqizilgan Sharq Gavhari ko‘chasidagi yo‘lning sifati ko‘zdan kechirildi. Yo‘l-qurilish ishlarining belgilangan me’yor va talablarga muvofiqligi, fuqarolar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar hamda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Ta’kidlanganidek, hududlarda zamonaviy va sifatli yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, aholi turmush farovonligini yuksaltirish hamda saylovchilar manfaatlarini ta’minlash Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
 

Slide 1 of 1