Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining doimiy komissiya raisi L.Muminova hamda tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari tomonidan Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 2026-yil 9-fevralda qabul qilingan VII-20-11-7-104-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan Toyloq tumani xotin-qizlar bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish yuzasidan mas’ullar tomonidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi tahlil qilinib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiya hamda takliflar bildirildi.
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi tomonidan qarorlar ijrosini ta’minlash va bu boradagi nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.