Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati xodimi tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash doirasida “G‘o‘lba” mahallasida yashovchi fuqaroning nafaqa tayinlash masalasidagi og‘zaki murojaati qabul qilindi.
Murojaat yuzasidan fuqaroning muammosi atroflicha o‘rganilib, ushbu masalani qonuniy hal etish bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlarga murojaatni ko‘rib chiqish uchun yo‘naltirildi.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolariga yechim topish hamda aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash yo‘nalishida ishlar izchil davom ettirilmoqda.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook