Жаңалықлар

#ish_reja_ijrosi #kotibiyat_mudiri

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyat mudiri B.Xamrayev tomonidan Chorbog‘tepa mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Sulaymonova Layloning tomorqa xo‘jaligida yo‘lga qo‘yilgan 10 sotix maydondagi malinachilik faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tomorqalardan samarali foydalanish, aholi bandligini ta’minlash hamda serdaromad ekinlarni ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yetishtirilayotgan mahsulotlarni mahalla aholisi ehtiyoji uchun hamda ichki bozorlarga yetkazib berish orqali oilaviy daromadni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur tashabbuslar tomorqachilikni rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 2