Жаңалықлар

Dual ta’lim — malakali kadrlar tayyorlashning samarali tizimi

Mamlakatimiz ta’lim tizimida so‘nggi yillarda joriy etilayotgan dual ta’lim tizimi yoshlarning kasbiy tayyorgarligini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ushbu tizim ta’lim va ishlab chiqarish jarayonini o‘zaro uyg‘unlashtirib, o‘quvchi va talabalarga nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni ham egallash imkonini yaratadi. Eng muhimi, yoshlar o‘qish davrining o‘zidayoq o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lib, kelajakdagi ish joyini kafolatlaydi. Korxonalar esa o‘z ehtiyojiga mos, malakali kadrlarni tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
✔️Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Nasiba Mo‘minova, Visola Qurbonova hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimlari Urgut tumanidagi "Urgutini tekstil” korxonasida bo‘lib, Toyloq tumanidagi 1-son texnikumi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi. Uchrashuvda korxona rahbari Majidxon Islomov dual ta’limning ahamiyati haqida to‘xtalib, mazkur tizimda o‘quvchi ta’lim muassasasida nazariy bilim olsa, korxonada amaliyot orqali mutaxassis sifatida shakllanishini ta’kidladi. Uning aytishicha, bugungi kunda davlat tomonidan dual ta’limni rivojlantirish uchun keng imkoniyat va imtiyozlar yaratilmoqda.
✔️Shuningdek, Prezidentning 2024-yil 16 oktabrdagi kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan farmoni ham mazkur yo‘nalishni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Urgutini tekstil” korxonasi ham ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanib, politexnikumlar bilan hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilgan.
✔️Uchrashuv yakunida Toyloq tumanidagi 1-son texnikumi bilan dual ta’lim asosida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu esa kelgusida yoshlarning bandligini ta’minlash va malakali kadrlar tayyorlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Gulshoda Rajabova, Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxasisi

✅Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 3