Жаңалықлар

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari N.Turdiyev va G.Islamova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyev hamda tuman irrigatsiya bo'limi boshlig'i O'.Isayev tomonidan Ahillik MFY hududida yoshlarga ajratilgan yer maydonlarini oqova suv bilan ta'minlash maqsadida qurilayotgan ariq ishlari o'rganildi.

O'rganish jarayonida qurilish ishlari belgilangan reja asosida olib borilayotgani hamda umumiy uzunligi 2 300 metr bo'lgan ariq qurilishi davom etayotgani aniqlandi. Mas'ullar tomonidan ishlar sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4