Жаңалықлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📍 24-sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish olib borildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🏫 O‘rganish jarayonida "Dexqonariq" mahallasi hududida joylashgan 21-son umumta’lim maktabida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

⚽ Xususan, maktabda faoliyat yuritayotgan futbol to‘garagining mashg‘ulotlari, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

✅ O‘rganish davomida to‘garak faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, yoshlarni sportga keng jalb etish va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

🤝 Bunday o‘rganishlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

   

Slide 1 of 6