Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
#deputat_sorovi ✅ “Mitan” hududiy filialidagi oqova suv tarmog‘i ta’miri deputat nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Nurali Kiyamov tomonidan Ishtixon tumani sog‘liqni saqlash bo‘limiga qarashli “Mitan” hududiy filialida amalga oshirilishi belgilangan oqova suv tarmog‘ini mukammal ta’mirlash ishlari yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qarorida belgilangan bo‘lib, 2026–2028-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish doirasida “Mitan” hududiy filialida oqova suv tizimini to‘liq yangilash rejalashtirilgan.

Deputat so‘rovda:

🔹 2026-yil I choragi davomida qanday ishlar amalga oshirilgani;

🔹 ta’mirlash jarayonining bugungi holati;

🔹 ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanish imkoniyati;

🔹 bajarilayotgan ishlarning sifati va nazorati yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

➕ Ushbu loyiha tibbiyot muassasasida sanitariya holatini yaxshilash, bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun qulay sharoit yaratish hamda hududdagi sog‘liqni saqlash infratuzilmasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

✅ Deputat tomonidan yuborilgan ushbu so‘rov orqali davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning joylardagi ijrosi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda qurilish-ta’mirlash ishlari sifati ustidan samarali deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1